Главная » O`zbekiston hukumati tarkibiga o`zgartirishlar kiritildi
(O`zbekiston Respublikasi hukumati tarkibiga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda hukumat portalida xabar berildi.

Kiritilgan o`zgarishlarga ko`ra, Ikramov Adxam Ilxamovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Sog`liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.



2016 yil 13 sentyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4832-son farmoniga muvofiq Ikramov Adxam Ilxamovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Sog`liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Sog`liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Aripov Abdulla Nig`matovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi

2016 yil 13 sentyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4831-son farmoniga muvofiq Aripov Abdulla Nig`matovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.
Просмотров (177)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar