Главная » O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig`in boshladi
(

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Eron hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi rasmiy o`yinlar oldidan o`zining navbatdagi yig`inini boshladi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

Eslatib o`tamiz, 6 hamda 11 oktyabr kunlari JCh-2018 3-saralash bosqichida navbatdagi tur o`yinlari bo`lib o`tadi. O`zbekiston milliy terma jamosi dastlab, 6 oktyabr kuni Toshkentda Eron milliy terma jamoasini qabul qilsa, 11 oktyabr kuni Toshkentda Xitoy terma jamoasi mehmon bo`ladi.

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bugun boshlangan yig`inga jami 25 nafar futbolchini jalb etgan. Bu safargi tarkibdan avvalgi o`yinlarda terma jamoaga chaqirilmagan "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham o`rin olgan. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Eron va Xitoyga qarshi o`yinlar uchun yakuniy tarkibni Toshkent yig`ini yakunida e`lon qiladi.

O`zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentdagi yig`iniga chaqirilgan futbolchilar ro`yxati:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimes (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”, Xitoy), Stanislav Andreev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Aziz Haydarov (“Ash Shabob”, BAA), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog`iston).
Просмотров (122)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar