Главная » O`zbekiston Prezidenti saylovida 555 mingdan ortiq yoshlar birinchi marta ovoz beradi
(

Mamlakatimizda 21 million 435 ming saylovchi bo`lib, ularning 10 million 825 mingdan ziyodi xotin-qizlar, 555 mingdan ortig`i saylovda birinchi marta ovoz berayotgan yoshlardir.

Ushbu ma`lumotlar 2016 yilning 2 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazida “Aholining yuksak saylov madaniyati va faolligi – demokratik saylovlarning muhim omili” mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminarda qayd etildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman), O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari, shuningdek, videokonferensaloqa orqali okrug va uchastka saylov komissiyalari a`zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari va milliy madaniyat markazlari faollari ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) U.Muhammadiev, EXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor va boshqalar O`zbekistonda mustaqil saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirishda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida ishtirok etishi, o`z xohish-irodasini erkin bildirishini ta`minlashning ta`sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratilgani, saylov qonunchiligi ilg`or xorijiy tajribaga, xalqaro saylov standartlariga mos ravishda izchillik bilan takomillashtirilayotganini ta`kidladi.

Tadbirda fuqarolarning saylov huquqlarini ta`minlash, shu jumladan, nogironlar, qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan fuqarolarga saylov jarayonida ularning saylov huquqlarini ro`yobga chiqarishda yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr almashildi.

Mazkur yo`nalishda inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar ham tizimli va rejali ishlarni amalga oshirmoqda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini ta`minlash, huquqiy va saylov madaniyatini yanada yuksaltirish bo`yicha asosiy tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Tadbirda ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Просмотров (53)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar