Главная » O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali suxbatda ...
(

2016 yil 10 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev o`rtasida Qozog`iston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi.

Davlat rahbarlari yaqinda oliy darajada o`tgan uchrashuvlar chog`ida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama etdilar.

Tomonlar O`zbekiston va Qozog`iston delegasiyalari turli darajadagi amaliy tashriflarining yakunlariga, ustuvor yo`nalishlarda muhim tijorat shartnomalari tuzilganiga yuqori baho berdilar.

Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev qator mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

O`zbekiston va Qozog`iston rahbarlari o`zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, do`stlik va yaqin qo`shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash to`g`risida kelishib oldilar.
Просмотров (46)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar