Главная » “O`zbekiston temir yo`llari” suv tanqisligi mavjud hududlarga ichimlik suvi etkazib berish uchun maxsus texnika xarid qildi
(

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 25 dona “Howa” va 25 dona “Chakman” rusumli ichimlik suvni tashishga mo`ljallangan maxsus avtotransport xarid qilindi.

Ularning har biri bir vaqtning o`zida o`rtacha 25 tonna suvni aholiga etkazib berish imkoniyatiga ega, deya xabar beradi kompaniya Axborot xizmat. Bir kunda mazkur avtotransport turi orqali 400 tonnadan ortiq ichimlik suvi o`z manziliga etkazib berilmoqda. Ushbu avtosisternalarda “UzGPS” xizmati va bir qator zamonaviy texnologik qurilmalar bilan jihozlangan bulib, mazkur texnikalar nazorati “Temiryo`lyonilg`ita`min” boshqarmasiga biriktirildi.

Har bir viloyat va suv tanqisligi mavjud tumanlarda maxsus bo`linmalar tashkil etilgan. Bundan tashqari, hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

Alohida ta`kidlash joizki, xar bir avtosisterna zamonaviy kuzatuv va aloqa vositalari bilan jihozlangan. Jumladan, “Milliy axborot tizimi”ni rivojlantirish dasturi asosida BePRO dasturchilar markazi va “Uzbektelekom” AK hamkorligida ishlab chiqilgan harakatlanuvchi ob`ektlarni sputnikdan kuzatish tizimidir. Ushbu ishlanma 100% milliy mahsulot bo`lib, davlat tomonidan belgilangan standartlarga javob beradi va sertifikat hamda mutasaddi ekspertlarning xulosalariga ega.
Просмотров (139)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar