Главная » O`zbekistonda bayram kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma`lum qilindi
(

O`zgidromet 30-31 dekabr kunlari va 2017 yilning 1 yanvar kuni O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo qanday bo`lishi haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, O`zbekistonda 30-31 dekabr kunlari va 2017 yilning 1 yanvarida iliq quruq havo bo`lishi kutilmoqda.

Shunday qilib, Yangi yil bayrami kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati Yangi yil kechasida 0 ... +2˚S ni tashkil etadi.

1 yanvar kuni kunduzi esa quyosh charaqlab turadi. Havo harorati esa +8....+10 ˚S darajani tashkil etadi.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda so`nggi yillarda 2006 va 2013 yillarda 1 yanvar kuni qor yog`gan edi.
Просмотров (270)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar