Главная » O`zbekistonda xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 32 foizga oshdi
(Poytaxtimizda “Axborot sohasida tadbirkorlik faoliyatining me`yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish” mavzuida davra suhbati bo`lib o`tdi.



Tadbir O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo`mitasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari va ekspertlar axborot sohasini tartibga soluvchi me`yoriy-huquqiy bazaning rivojlanish holati, istiqbollari, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalar sohasida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, mamlakatda innovasion biznes muhitini yaxshilash masalalarini muhokama qildi.

Korxonalar, xo`jalik birlashmalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga axborot-kompyuter texnologiyalari keng joriy qilinmoqda. Yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, internet tarmog`idan foydalangan holda yangi bozorlarni ochish uchun xizmat qilmoqda.

Axborot sohasining me`yoriy-huquqiy bazasini muntazam isloh qilish tufayli milliy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasi barqaror yuksalib bormoqda. Soha korxonalari tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar hajmi oxirgi yilda 11 foiz, jumladan, aholiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi 12 foizga o`sdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi yil boshiga nisbatan 32 foizga oshdi.
Просмотров (121)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar