Главная » O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mahmudjon Azimovga oradan 15 yil o`tib lisenziyasi qaytarib berildi
(

“O`zbeknavo” estrada birlashmasi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mahmudjon Azimovga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya taqdim etdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Mahmudjon Azimovning o`g`li Ortiqjon Azimovning ma`lum qilishicha, otasining lisenziyasi 2001 yilning 14 aprel kuni «Istiqlol» san`at saroyida bo`lib o`tgan konsert dasturidan keyin olib qo`yilgandi.

Oradan 15 yil o`tib Ortiqjon Azimov O`zbekiston bosh vaziri virtualxonasiga otasining lisenziyasini qaytarishni so`rab ariza bergan. Ko`p o`tmay arizaga ijobiy javob qaytarilgan va «O`zbeknavo» estrada birlashmasining 1 yilga mo`ljallangan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya taqdim etilgan.

“O`zbeknavo” saytida lisenziya 2016 yilning 26 oktyabridan boshlab amalda ekani ko`rsatilgan.

“Oilamiz nomidan e`tibor uchun O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga chuqur minnatdorchilik bildiramiz”, — deb aytib o`tgan Mahmudjon Azimovning o`g`li.
Просмотров (204)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar