Главная » O`zbekistonda yangi internet teleradiokanal ish boshladi
(Yurtimizda yangi Teleradio.uz internet teleradiokanali ish boshladi.

Yangi loyiha tele va FM stansiyalaridan holi bo`lgan internet tarmog`idagi mustaqil teleradiodasturlar loyihasidir.



Teleradio.uz diyorimiz miliy internet jurnalistikasining navbatdagi yutug`i deb aytish mumkin. On-line ommaviy axborot vositasining asosiy maqsadi internet tarmog`ida veb-sayt orqali tezkor va xolis axborotlarni 7 dan 70 yoshgacha bo`lgan keng jamoatchilikka rang-barang shaklda etkazib berishdan iboratdir.

Yangi kanal orqali kinofilmlar, musiqiy-ko`ngilochar dasturlar, tezkor xabar va voqealar va loyihalar namoyish etiladi. Ushbu kanalda shuningdek ma`naviy-ma`rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ommabop- ko`ngilochar yo`nalishdagi dasturlar bilan fuqarolarimiz ayniqsa yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli va foydali o`tkazishga ko`maklashadi.

Teleradio.uz internet kanali dasturlarini o`zbek tilida kecha-yu-kunduz uzluksiz vaqt rejimida dunyo bo`ylab tomosha qilish mumkin.
Просмотров (149)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar