Главная » O`zbekistonga qanchagacha xorijiy valyuta olib kirish mumkin?
(

Eshitishimcha, jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini O`zbekistonga olib kirish va olib chiqish tartibiga o`zgartirish kiritilibdi. Qanchagacha xorijiy valyuta olib kirish mumkin va tartibi qanday?
Dildora Qosimova

Sh.ShOAHMEDOV, Markaziy bank raisi o`rinbosari:
— Jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini Respublika hududiga olib kirish va olib chiqish Adliya vaziriligidan 1999 yil 7 mayda 716-son bilan ro`yxatga olingan “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O`zbekiston Respublikasiga olib kirish va O`zbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi to`g`risida”gi yo`riqnomaga asosan tartibga solinadi.

Mazkur tartibga joriy yilning avgust oyida kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdordagi naqd xorijiy valyutani respublikamizga olib kirishga ruxsat etilgan va bunda bojxona organlari tomonidan rasmiylashtiriladigan TS-28 shaklidagi guvohnoma bekor qilingan bo`lib, ushbu summani olib kirish uchun bojxona deklorasiyasini to`ldirishi etarli ekanligi belgilab qo`yilgan.
Просмотров (261)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar