Главная » O`zbekistonlik pianinochi Eleonora Qutlibulatova Evropa konsert zallarini zabt etmoqda
(

“Nihol”davlat mukofoti sovrindori, turli nufuzli xalqaro tanlovlar g`olibi Eleonora Qutlibulatova taniqli kompozitorlar asarlarini ijro etib, mumtoz musiqa shinavandalarini xursand qilishda davom etmoqda, deb yozadi “Daryo”.

So`nggi paytlarda Eleonora turmush o`rtog`i, taniqli pianinochi Ulug`bek Polvonov va to`rt yoshli qizi Sofi Marlen bilan birgalikda Germaniyada istiqomat qilmoqda. 2014 yilda u Germaniyadagi etakchi oliygohlardan biri — Rostok shahridagi Musiqa va teatr oliy maktabini a`lo baholar bilan tugatdi.

Eleonoraning konsertlari nafaqat Germaniyada, balki Evropaning boshqa shaharlarida ham muvaffaqiyat bilan o`tadi, shu tufayli, uning gastrol grafigi juda tig`iz.

“Noyabr o`rtasida ‘Klassik’ loyihasi doirasida Vitten shahrida simfonik orkestr bilan konsert o`tkazdik. Chiptalar bir hafta oldin sotilib ketdi, 800 kishilik zal odamga liq to`ldi”, — dedi pianinochi.

Yaqindan boshlab Eleonora Evropada taniqli gitarachi Evgeniy Beleninov bilan juftlikda konsert bermoqda. Ularning dueti Belle deb nom oldi. Bild.de, Berliner Morgenpost, Markische Oderzeitung, Morgenpost Dresden kabi nufuzli nashrlar ushbu duet ijodiga yuqori baho berdi.
Просмотров (146)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar