Главная » O`zgidromet: 2017 yilning yanvar oyi me`yordan iliq bo`ldi
(

O`tgan yanvar oyi O`zbekiston uchun iliq keldi: ushbu oyda havo harorati iqlim me`yoridan 1-3 daraja yuqori bo`ldi.

O`zgidrometdan ma`lum qilishlaricha, so`nggi 10 yilda eng iliq yanvar 2016 yilda qayd etilgan – havo harorati me`yordan 4-6 daraja yuqori bo`lgan. Eng «sovuq» rekord 2008 yilning yanvariga tegishli, shu yili harorat o`rtacha ko`rsatkichdan 5-10 daraja past bo`lgan, shimolda esa 13 daraja past.

2017 yilning yanvar oyi hech qanday rekord qayd etmadi. O`tgan oyning eng sovuq kuni 16 yanvar bo`ldi, kunduzi 2 ˚S sovuq, eng ilig`i esa 2 yanvar bo`ldi, termometr ko`rsatkichi +15 ˚S ko`tarildi.

Yanvar oyining 16 kuni yomg`irli va qorli bo`ldi.

Ta`kidlash joizki, aslida qishning eng sovuq oyi yanvar sanaladi.
Просмотров (133)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar