Главная » O`zingizni qanchalik yaxshi ko`rishingizni aniqlang
(

Albatta, har bir inson o`zini yaxshi ko`radi. Ammo bu sevgining darajalari turlicha bo`ladi. Bilsangiz agar, kishi o`zini qadrlashiga qarab, muvaffaqiyatga erisha olishi belgilanadi.

1. O`zingizni atrofdagilar bilan solishtirasizmi?

A) Aslo — 3 ball.

cool Ba`zida, qiziqish yuzasidan solishtirishim mumkin — 2 ball.

V) Albatta, axir atrofdagilar bilan qanchalik o`xshashligimni bilib turishim kerak-ku — 1 ball.

G) Deyarli har doim – 0 ball.

2. Izzat nafsingizga tegish...

A) Juda qiyin – 3 ball.

cool Ko`pchilikning qo`lidan kelmaydi, biroq uddalaganlar ham bor... – 2 ball.

V) Oson – 1 ball.

G) Juda oson – 0 ball.

4. Atrofdagilar sizni qadrlashlari qanchalik muhim?

A) To`g`risi, ularning fikri bilan hisoblashib o`tirmayman – 3 ball.

cool Ba`zida qadrimga etishlarini istab qolaman – 2 ball.

V) Deyarli har doim buni his etib turishim lozim – 1 ball.

G) Ha, juda muhim. Qadringga etishmasa hech narsaning qizig`i qolmaydi – 0 ball.

4. O`zingizni chorasiz his etasizmi?

A) Yo`q, har bir mushkullikning, albatta, chorasi bo`ladi, faqat yaxshiroq qidirish lozim — 3 ball.

cool Ba`zi vaziyatlarda chorasizlikdan tushkunlikka tushib qolaman – 2 ball.

V) Chorasiz vaziyatda echim izlash noto`g`ri, hammasini shunchaki vaqt hukmiga qo`yib berish darkor – 1 ball.

G) To`g`risini aytsam, bu tuyg`u meni tinimsiz iztirobga soladi – 0 ball.

5. Agar biror ish qo`limdan kelmasligini bilsam...

A) Albatta, bajarib ko`raman, balki eplarman – 3 ball.

cool Odatda qo`l siltab ketaman, ammo ba`zan harakat qilish uchun o`zimda kuch topa olishim mumkin – 2 ball

V) Agar ko`zim etmasa, boshlab nima ham qildim – 1 ball.

6. Har ishni 110% ga bajarishga intilasizmi?

A) Yo`q, aslida har bir ishni bilganimcha bajaraman – 3 ball.

cool Ba`zida o`zimga shunday talablar qo`yishim mumkin – 1 ball.

V) Har doim o`zimga shunday talab qo`yaman – 0 ball.

7. Doim ham atrofingizdagilarga qulay yo`lni tanlaysizmi?

A) Tan olaman, birinchi navbatda o`zimga qulay bo`lishini istayman – 3 ball.

cool Odatda o`zimga qulayini tanlayman, biroq bu boshqalarga noqulaylik tug`dirmasligiga harakat qilaman – 2 ball.

V) Ko`pincha atrofdagilarga ma`qul yo`lni tanlayman – 1 ball.

G) Nimagadir boshqalarning manfaatlarini o`zimnikidan ustun qo`yaman – 0 ball.

8. Rad javobini berishga qiynalasizmi?

A) Ko`nglim chopmagan har qanday taklifni rad etishim mumkin – 3 ball.

cool Rad etib bo`lmaydigan vaziyatlar ham bo`lib turadi, ammo odatda xohishimga qarab ish tutaman – 2 ball.

V) Takliflarni rad etishga qiynalaman – 1 ball.

G) Rad etishni umuman bilmayman, doim boshqalarning xohishiga qarab ish tutishga majbur bo`laman – 0 ball.

9. Sizni hech kim sevmaydi...

A) Bo`lmagan gap, atrofimdagilar doim menga girdikapalak bo`lishadi – 3 ball.

cool Ba`zida hayot shunday o`ylashga majbur qiladi, biroq yaqinlarimga kerak ekanligimni his etib turaman – 2 ball.

V) Atrofimdagilar bilan ko`p janjallashaman, balki shunga ular meni yaxshi ko`rishmas – 1 ball.

G) Afsuski, shunday, odamlarning mehriga doim ehtiyoj sezaman – 0 ball.

10. Atrofdagilarga hammadan yaxshi ekanligingnizni tez-tez isbotlab turasizmi?

A) Yo`q, shundoq ham hammadan yaxshiligimni bilishadi, bu isbot talab qilmaydigan holat – 3 ball.

cool Gohida hammadan yaxshi ekaningni isbotlashga to`g`ri kelib qolishi ham mumkin – 2 ball.

V) Albatta, bo`lmasa ikkinchi o`ringa o`tib qolish hech gap emas – 1 ball.

G) Birinchi navbatda eng zo`r ekanimni o`zimga isbotlashim lozim, undan keyin boshqalarni ishontirishga harakat qilaman – 0 ball.

11. Xushomadlarga...

A) Jon deyman, axir xushomadni har kimga ham aytaverishmaydi... – 3 ball.

cool O`rinli bo`lsa, yo`q demayman – 2 ball.

V) Maqtashganida uyalib ketaman – 1 ball.

G) Sira hushim yo`q – 0 ball.

12. Omadingiz chopmasa, o`zingizni aybdor his etasizmi?

A) Doim ham omad kulib boqavermasligini yaxshi bilaman, shu sababli tushkunlikka tushmayman – 3 ball.

cool Yo`q, barini taqdirga yo`yib qo`ya qolaman – 2 ball.

V) Ha, ko`pincha o`zimni aybdor his etaman – 1 ball.

G) Hatto ayb menda emasligini tushunib tursam ham, baribir, aybdorlik hisidan xalos bo`la olmayman – 0 ball

13. Oxirgi paytlarda kayfiyatim...

A) A`lo darajada, bir gapirib o`n kuladigan bo`lib qolganman – 3 ball.

cool Yaxshi, uni tushirmaslikka harakat qilyapman – 2 ball.

V) Tez-tez o`zgarib turibdi – 1 ball.

G) Juda yomon, o`zimni tushkun his etyapman – 0 ball.



Endi to`plagan ballaringizni hisoblab chiqing!

35-50 ball

Tabriklaymiz! Siz o`zini yaxshi ko`ruvchi kishilar qatoridan mustahkam o`rin egallagansiz. Har qanday masalada o`zingizning fikringizni ayta olish va unga amal qilish siz uchun juda muhim. Ba`zida esa shu odatingiz tufayli noqulay vaziyatga tushib qolishingiz ham mumkin. Nima bo`lganda ham bu tuyg`u xudbinlikka aylanib ketmasligi uchun o`z ustingizda ishlang.

15-35 ball

Agar o`zingizga tanqidiy nazar bilan boqishdan biroz chetlansangiz, turli sohalarda yangidan-yangi qirralaringizni namoyon etish imkoniyatingiz ortadi. Demak, o`zingizni tanqid qilishga sarflaydigan vaqtingizni yangi narsalarni o`rganishga sarflasangiz, hayotda ko`proq yutuqqa erishasiz. Muhimi o`zingizga dushman emas, do`st bo`lishni o`rganing. O`z kuchingizga, qobiliyatingizga ishonishni boshlagan zahotingiz hayot yanada yorqinlashadi.

0-15 ball

O`zingizga bergan bahongiz ancha past bo`lgani uchun, ustingizda ishlashni shu ondanoq boshlang. Doim biror ko`ngilsizlik yuz berishini kutib yurganingiz uchun omad kelganini ba`zan payqamay ham qolasiz. Xato qaror qabul qilganingiz uchun esa anchagacha o`zingizni kechirolmay yurishingiz mumkin. Oldingizga aniq maqsad qo`yib, qadamma-qadam unga intilishga harakat qiling. Bu o`tkinchi dunyoda o`zingizni sevib yashashni o`rganing.
Просмотров (201)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar