Главная » O‘zbekiston 2022-yilga qadar 7,7 mlrd dollar hajmida kreditlar jalb qilmoqchi
(

O‘zbekiston hukumati 2022-yilga qadar xalqaro moliyaviy institutlarning 7,7 milliard dollar miqdoridagi kreditlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Mablag‘lar 2017–2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga qaratiladi, deb xabar beradi UzDaily.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasiga binoan, O‘zbekiston xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirishi va rivojlantirishi nazarda tutilgan. Xususan, 2016–2020-yillarda O‘zbekiston Jahon bankining 3 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lari hisobiga 27 loyihani amalga oshirishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, 2016–2018-yillarda Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 25 loyiha uchun 3,7 milliard dollar miqdorida kredit taqdim etishi kutilmoqda.

2017–2019-yillarda O‘zbekiston Islom taraqqiyot bankining 1 milliard dollar miqdoridan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar realizatsiyasiga qaratmoqchi.

2022-yilga qadar hukumat Xitoy Eksmibanki, Janubiy Koreya Eksimbanki, JICA, KOICA, GIZ, Fransiya rivojlanish agentligi va boshqa tashkilotlar grantlarini jalb qilish ustida ish olib boradi.
Просмотров (157)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar