Главная » O‘zbekiston bayrog‘i ostida chiqish qilgan erkin kurashchi Soslan Tigiyev Olimpiadalardagi ikkinchi medalidan mahrum etildi
(

O‘zbekiston bayrog‘i ostida Pekin–2008 va London–2012 Olimpiadalarida chiqish qilgan erkin kurashchi Soslan Tigiyev doping namunalarning qayta tekshiruvidan so‘ng uning qon tarkibida taqiqlangan turinabol moddasi aniqlangani uchun Pekin–2008 dagi kumush medalidan mahrum etildi. Bu haqda XOQ matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Soslan Tigiyev bilan bir qatorda Pekin–2008 Olimpiadasining to‘qqiz sportchisi, shulardan sovrindor bo‘lgan 6 nafari diskvalifikatsiya qilindi. Ular orasida Soslan Tigiyevning akasi, Qozog‘iston nomidan chiqish qilgan Taymuraz Tigiyev (kumush) ham bor.

Qayd etish kerakki, 2012-yilda Soslan Tigiyevning qon tarkibida taqiqlangan metilgeksaneamin preparati aniqlanganidan so‘ng, u London–2012 Olimpiadasining bronza medalidan mahrum qilingan edi.
Просмотров (224)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar