Главная » O‘zbekiston bayrog‘iga burkangan Range Rover
(Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida O‘zbekiston bayrog‘i burkangan Range Rover’ning surati paydo bo‘ldi. Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda, Facebook’dagi tegishli fotoxabarga 500 ga yaqin foydalanuvchi ijobiy munosabat bildirgan edi.



Ayni vaqtda, bir qator foydalanuvchilar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati avtomobillarni bunday bezatishga ruxsat bermasligini qayd etib o‘tgan. “Ajoyib g‘oya! Ruxsat bo‘lganida, mashinamning tomiga shunday qildirgan bo‘lardim”, — deb yozadi ulardan biri.

Kapotida O‘zbekiston bayrog‘ining tasvirishi tushirilgan Range Rover surati aynan qachon, qayerda olinganiga aniqlik kiritilmagan. “Voditeli Tashkenta” a’zolaridan biri uni 24-avgust kuni “Oybek” metro bekati yaqinida ko‘rganini yozib qoldirgan.
Просмотров (141)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar