Главная » O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga rekord darajada ko‘p — 663 298 nafar abituriyent hujjat topshirdi
(O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga 2016-yilda 663 298 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Bu, Davlat test markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilgi ko‘rsatkichdan salkam 57,5 mingtaga ko‘proq.



UZ24’ning yozishicha, Termiz davlat universiteti eng ko‘p — 37 676 nafar abituriyentning hujjatlarini qabul qilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Qarshi davlat universiteti (26 332 nafar abituriyent) va Andijon davlat universiteti (25 991 nafar abituriyent) egallagan.

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari orasida esa Toshkent davlat pedagogika universiteti eng ko‘p ariza qabul qilgan — 14 636 nafar abituriyent aynan shu oliygohda o‘qish istagini bildirib, hujjat topshirgan.

Yangi tashkil etilgan O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 5 031 abituriyent hujjat topshirgan — universitet o‘zining birinchi o‘quv yiliga 300 talabani qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari 2016/2017-o‘quv yilida bakalavriat uchun 57 907 nafar talabani o‘qishga qabul qiladi. Umumiy qabul kvotasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan.

2015-yili O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 605 836 nafar abituriyent hujjat topshirgan edi.
Просмотров (186)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar