Главная » O‘zbekiston Prezidentligiga barcha nomzodlar — bitta rasmda
(2016-yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatda ro‘yxatga olingan barcha siyosiy partiyalar saylovda qatnashadigan o‘z nomzodlari nomini ma’lum qildi.


14-oktabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Hotamjon Ketmonovni Prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatdi. 15-oktabr kuni esa “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Narimon Umarovni, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi esa Sarvar Otamuratovni nomzod sifatida ilgari surdi. 19-oktabr kuni O‘zLiDeP nomzod nomini rasman ma’lum qildi — Shavkat Mirziyoyev.Ma’lumot uchun, joriy saylovlar O‘zXDP rahbari Hotamjon Ketmonov va “Adolat” SDP raisi Narimon Umarov uchun ikkinchisi hisoblanadi. Ularning har ikkisi 2015-yilgi Prezident saylovida ham qatnashgan edi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning g‘alabasi bilan yakuniga yetgan avvalgi saylovda Ketmonov saylovchilarning 2,92 foiz, Umarov esa 2,05 foiz ovozini qo‘lga kiritgan.
Просмотров (276)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar