Главная » O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiada o‘yinlari tarixida o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etib bo‘ldi
(Rio—2016 Olimpiadasida 70 nafar sportchi bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi har to‘rt yillikning eng yirik sport festivalidagi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etib bo‘ldi.



Bunga qadar Afina—2004 Olimpiadasi O‘zbekiston terma jamoasi uchun eng yaxshisi bo‘lib turgandi. O‘shanda delegatsiya 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqqandi.

Olimpiada—2016 da esa O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 4 ta bronzani qo‘lga kiritib bo‘ldi. Bokschi Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida finalga yetib borgani inobatga olinsa, minimum kumush medal masalasi hal qilinganini tushunish mumkin. Shuningdek, yana bir bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zi uchun minimum bronza medalini naqd qilib qo‘ydi.

Olimpiada o‘yinlarida kurashni davom ettirayotgan bir qator o‘zbekistonlik sportchilar bor ekani inobatga olinsa, bundan bu yog‘iga erishiladigan natijalar imkoniyatni yanada oshirib boraveradi.
Просмотров (184)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar