Главная » O‘zbekiston va Iroq: o‘yin uchun chiptalar sotuvga chiqarildi
(24-iyul kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan bellashuv uchun chiptalar sotuvga chiqarilgani haqida O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.



Unda chiptalar ikki toifaga ajratilgani ma’lum qilingan. Birinchi toifa chiptalarning narxi 15 ming so‘mdan etib belgilangan, o‘yinni CIP sektordan kuzatishni istovchilar chiptani 30 ming so‘mga xarid qilishi mumkin.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Iroqqa qarshi 24-iyul kungi o‘yini soat 19:00 da boshlanadi. 21-iyul kuni esa Iroq termasi O‘zbekiston olimpiya termasi bilan “Jar” stadionida 18:00 da o‘yin o‘tkazadi. Birinchi uchrashuvni tomosha qilish bepul.

O‘zbekiston va Iroq milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv uchun o‘zbekistonlik legioner futbolchilar jalb qilinmagan. Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Anzur Ismoilov, Igor Sergeyev, Yegor Krimets, Aleksandr Geynrix kabi futbolchilar terma jamoaning Avstriyadagi yig‘inida ham ishtirok etmayapti.
Просмотров (226)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar