Главная » O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev qizi Muqaddasning filmdagi achchiq taqdiriga chidolmay infarktni boshdan kechirdi
(

Aktyor Lutfulla Sa’dullayev qizi Muqaddas Sa’dullayevaning “Bebahoginam” deb nomlangan filmdagi achchiq taqdiriga chidolmay infarktni boshdan kechirdi. Bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

Xabarda qayd etilishicha, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ilk bor ota-onasi bilan bir filmda suratga tushgan. Ozod Shamsning “Bebahoginam” deb nomlangan o‘tkir syujetli film ularga ana shunday imkoniyatni yaratib berdi.

Aktrisaning ma’lum qilishicha, ushbu filmning suratga olish ishlari tugagach, O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev qizining filmda gavdalantirgan achchiq taqdiridan kuyunib, kasalxonaga tushib qolgan va shifokorlar tomonidan unga infarkt tashxisi qo‘yilgan.

“‘Bebahoginam’ filmida ilk bora ota-onam bilan birgalikda rol ijro etdim. Bunday taklifni anchadan beri orzu qilib kutardim, lekin hali hech bir rejissyor bizni filmga oilaviy tushirishni hayoliga ham keltirmagan va bunday taklifni hech kim bildirmagan edi. Va nihoyat bu taklif iste’dodli rejissyor Ozod Shams tomonidan bildirildi. Bu taklifdan boshim osmonga yetdi! Filmda ota-onam ham o‘z rollarida. To‘g‘risini aytsam, oilaviy filmda rol ijro etish begona aktyorlar bilan ishlashga nisbattan ancha qiyin bo‘lar ekan. Sababi shundaki, har bir hissiyot ichdan o‘tar ekan, ota-onam bilan bo‘lgan epizodlarda har bir voqea xuddi real hayotda bo‘layotgandek tuyuldi. Filmdagi qahramonim Jahonaga aylanib qolishimga sal qoldi. Hatto qahramonimning achchiq taqdiri va qismati tufayli otam syomka jarayonida menga chindan kuyinib, qattiq siqilib, syomka jarayoni tugaganidan 1 hafta o‘tar-o‘tmas tez yordam bilan shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga tushib qoldilar. Ularga shifokorlar tomonidan infarkt tashxisi qo‘yildi. Salkam 1 oy davolanib, endi bag‘rimizga qaytdilar. Jonimizmi fido qilib ishlagan filmimiz sizlarning ham yuragingizdan oz bo‘lsa-da, joy egallaydi degan umiddamiz”, – deb yozdi Muqaddas Sa’dullayeva.
Просмотров (140)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar