Главная » O‘zbekistonda 3 ta yangi telekanal ishga tushadi
(

Tez orada O‘zbekistonda uchta yangi telekanal faoliyatini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov ma’lum qildi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalikning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Firdavs Abduxoliqov “Zo‘r TV”, “Futbol TV”, “Karavan TV” telekanallari ish boshlash arafasida turganini aytdi.

Mavzuga doir: UzReport qoshida alohida “Futbol-TV” kanalini ochish uchun litsenziya olindi
Telekanallar efiri yuqori sifatli HD formatda bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Просмотров (264)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar