Главная » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 19 tiyinga oshdi
(O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 30-avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.



Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2989 so‘m 64 tiyin etib belgilandi. Bu 23-avgustdagi kursga nisbatan 5 so‘m 19 tiyinga ko‘p.

30-avgustdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3383 so‘m 67 tiyin (23-avgustdagi kursga nisbatan 16 so‘m 31 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 448 so‘m 22 tiyin (23-avgustdagi kursga nisbatan 10 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 46 so‘m 18 tiyin (23-avgustdagi kursga nisbatan 50 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Просмотров (89)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar