Главная » O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda
(

O‘zbekistonda 4—6-fevral kunlari havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
Xabar berishlaricha, 2—4-fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi, 3-fevral kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.

3—4-fevral kunlari yomg‘irning qorga aylanishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamolning tezligi kuchayib, soniyasiga 18—23 metrni tashkil etishi mumkin.

“4—6-fevral kunlari havo harorati kechalari -12…-7 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari -5…0 daraja sovuqqacha keskin pasayishi kutilmoqda”, — deyiladi markaz axborotida.
Просмотров (691)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar