Главная » O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzayev olamdan o‘tdi
(

Qo‘shiqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzayev vafot etdi. Bu haqda Facebook foydalanuvchisi Karimberdi Turamurod xabar berdi.
Postga yozilgan izohlardan ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchi Hindistonga davolanish uchun jo‘nab ketgan va o‘sha yerda olamdan o‘tgan.

Furqat Mirzayevning dafn marosimi 11-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Samarqandlik san’atkor “Qo‘shni qiz”, “Lalalalaychi keldi” qo‘shiqlari bilan tanilgan edi.

Avvalroq O‘zbekiston televideniyesi rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor, taniqli suxandon, jurnalist, “MY5” telekanalidagi “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova 8-fevral, chorshanba kuni 68 yoshida olamdan o‘tgani xabar berilgan edi.
Просмотров (653)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar