Главная » O‘zbekistonning eng yaxshi professional bokschisi Qudratilla Abduqahhorov o‘ninchi jangida o‘ninchi g‘alabasini nishonladi
(

10-fevral kuni Singapurda Battle of Champions boks musobaqasi doirasida o‘zbekistonlik Qudratilla Abduqahhorov ringga chiqdi, deb yozdi “Gazeta.uz”.
Bunga qadar 9 ta jang o‘tkazib, ularning hammasida raqiblaridan ustun kelgan charm qo‘lqop ustasi, tanzaniyalik Idda Pialariga ham imkoniyat qoldirmadi. Jang 23 yoshli o‘zbekistonlik bokschining 4-raunddagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Aynan shu raundda uning raqibi nokaut qabul qilib oldi.

Ma’lumotga ko‘ra, Qudratilla Abduqahhorov BoxRec — professional bokschilar statistikasi bilan shug‘ullanuvchi nufuzli britan manbasi reytingida vazn toifasidan qat’i nazar O‘zbekistonning eng yaxshi bokschisi hisoblanadi. U yoshlar o‘rtasida World Professional Boxing Federation, shuningdek, World Boxing Federation hamda Asian Boxing Council tasniflarining yarim o‘rta vazn toifasida chempon bo‘lgan.

-66,7 kilogramm vazn toifasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschini mart oyining 25-sanasida yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. Yarim o‘rta vazn toifasida jahonning eng kuchli 10 bokschisi qatoridan joy olgan zimbabvelik Charlz Manyuchi Abduqahhorovga qarshi ringga ko‘tariladi. Raqib IBF reytingida yettinchi, WBA’da oltinchi, WBC reytingida esa uchinchi o‘rinni band etib turibdi.
Просмотров (183)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar