Главная » “O‘zbeknavo”dan litsenziyasini qaytarib olgan Sarvar va Komil “Istiqlol”da ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi
(

Sarvar va Komil bir necha yildirki, o‘zining romantik, insonning ichki kechinmalari aks etgan qo‘shiqlari bilan muxlislar muhabbatiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, estrada olamida faoliyat yuritayotgan bir nechta xonandalarning repertuaridagi xit taronalar muallifi bo‘lgan bu ijodkorlar joriy yil so‘ngiga qadar, bir nechta viloyatlarda, qo‘shni mamlakatlarda konsert dasturini namoyish etib keldi, deb yozadi “Popcorn.uz”.
Va nihoyat ular ilk bor “Istiqlol” san’at saroyida 15—16-fevral kunlari soat 19:00 da konsert dasturini taqdim etadi. Dastur “Bir muhabbat qissasi” deb nomlangan.

Eslatib o‘tamiz, litsenziya bitimiga rioya etmaganligi uchun Sarvar va Komil iyul oyida “O‘zbeknavo” tomonidan litsenziyadan mahrum etilgan edi.
Просмотров (89)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar