Главная » O‘zbeknavo” rahbarining virtual qabulxonasi tayyorlandi
(

O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori Farhod Jo‘rayevning virtual qabulxonasi ish boshladi. U qabulxona.uzbeknavo.uz manzilida joylashgan.
Mazkur virtual qabulxona ham O‘zbekiston bosh vazirining shunday qabulxonasi kabi ishlaydi — unda ham murojaatlarni yo‘llash shakli, shuningdek, yuborilgan murojaat maqomini tekshirish imkoniyati bor.

Alohida qayd etilishicha, “O‘zbeknavo” bosh direktorining virtual qabulxonasi orqali yo‘llangan murojaatlar rasmiy maqomga ega bo‘ladi.

Qabulxona aynan qachon ish boshlagani ma’lum emas. Murojaatlar statistikasi bandida noma’lum muddatdan 15-dekabrgacha bo‘lgan oraliqda birorta murojaat tushmagani ko‘rsatilgan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, “O‘zbeknavo” rahbariga savol, shikoyat va takliflarni (+998-71) 234-24-28, (+998-71) 234-52-90 telefon raqamlari orqali bog‘lanib, bildirish ham mumkin.
Просмотров (197)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar