Главная » OAV AQSh va KXDR munosabatlarining maxfiy kanali borligini aniqladi
(

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bir necha oydan buyon KXDR bilan maxfiy kanali orqali diplomatik muzokaralar olib bormoqda. Ushbu kanal orqali ikki davlat munosabatlari, shuningdek, Shimoliy Koreyada tutib turilgan AQSh fuqarolari taqdiri muhokama qilinmoqda. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgari AQSh va Shimoliy Koreya diplomatiyasi talaba Otto Uormbirning ozod etilishi borasida muzokaralar olib borgan edi. 17 oy hibsda tutilgan talaba AQShga qaytishi bilan vafot etdi. Shundan so‘ng aloqalar davom etgani noma’lum edi.

Muntazam aloqani AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan siyosat bo‘yicha maxsus vakili Jozef Yun va BMTdagi KXDRning olim martabali diplomati Pak Son Il saqlab turadi. Yashirin axborot yo‘nalishi “Kanal Nyu-York” deb ataladi.
Просмотров (101)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar