Главная » OAV: Dunyoda har 7 soniyada 15 yoshdan kichik qiz turmushga chiqadi 21 soat oldin
(

Dunyoda har 7 soniyada 15 yoshdan kichik bo`lgan qizlar o`zlaridan ancha yosh katta bo`lgan erkaklarga turmushga chiqishga majbur bo`ladi, deb yozadi “Interfaks” Save the Children xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish tashkiloti hisobotiga asoslanib.

Hisobotga ko`ra, erta turmush qurish qizlarni nafaqat bilim olish imkoniyatidan mahrum etadi, balki ularning tug`ruq paytida vafot etishiga ham sabab bo`ladi.

"Bolalar nikohi ularni eng asosiy huquqlardan, xususan bilim olish huquqidan mahrum etadi”,—deydi tashkilot direktori Xelle Torning-Shmidt.

Mazkur hisobot 11 oktyabr—Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan e`lon qilindi.

Mazkur kunni bayram sifatida nishonlash tashabbusini BMT bergan edi. Bundan ko`zlangan maqsad esa butun dunyodagi kichik yoshdagi qizlar to`qnash keladigan muammolarga xalqaro hamjamiyat e`tiborini qaratish.
Просмотров (117)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar