Главная » Obid Asomov oltinchi marta buva bo`ldi
(

Obid Asomovning qizi Nargiz ikki o`g`ildan keyin qiz farzand ko`rdi. Bu haqda qiziqchining o`zi biroz kechroq bo`lsa-da Instagram sahifasi orqali ma`lum qildi, deb yozadi “Daryo”.

“Irimchiroqman, kichik chillasi chiqib, endi aytyapman”, — deb izoh berdi Obid Asomov.

“Bolaligimdan hind kinolaridan ‘Sangam’ni yaxshi ko`rganman. Shuning uchun ham ikkinchi qizimizning ismini Nargiz qo`yganmiz. Gap shundaki, Nargiz qizimiz ikki o`g`ildan keyin qiz farzand sovg`a qildi. Qisqasi, shestikratniy dedushka bo`ldim”, — deb yozilgan Instagram sahifaga.
Obid Asomovning o`zida yo`q xursandligini quyidagi so`zlaridan ham bilish mumkin: “Bundan katta baxt bo`lmasa kerak. Yaratganga behisob shukr!”
Просмотров (304)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar