Главная » Odil Ahmedov Rossiya chempionatiga kelgach narxi 1,5 milliondan 9 million evroga oshdi
(

Rossiyaning "Championat.com" internet nashri Rossiya chempionatiga kelgach transfer qiymati oshib ketgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi va unga Odil "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedovni ham kiritdi. Maqolada Odil Ahmedov Premer ligada o`ynagunga qadar 1,5 million evroga baholangani va hozirga kelib 9 million evro turishi ko`rsatilgan.

"Odil Ahmedov kabi mehnatkash va bardoshli futbolchilar Osiyoda yuksak qadrlanadi. Shunday ekan, Odil xitoylik futbol sarmoyadorlari e`tiboriga tushgani ajablanarli emas.

Ammo "Krasnodar" xo`jayini Sergey Galiskiy yarim himoyachini arzonga berib yubormaydi. Birinchidan, Galiskiy uchun pul muammo emas, kerak bo`lsa uning o`zi "Shandun"ning istalgan futbolchisini sotib olishi mumkin.

Ikkinchidan esa, Odil Ahmedovning transfer qiymati Rossiya chempionatidagi faoliyati davomida ancha o`sdi. Bunday futbolchini agar qo`yib yuborishsa ham, katta pul evaziga sotishlari turgan gap. Bu o`rinda gap pulda ham emas, balki prinsipda", - deyiladi maqolada.
Просмотров (134)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar