Главная » Odnoklassniki" beadab so'zlarga qarshi kurashmoqda
("Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog'i beadab so'zlarga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Ijtimoiy tarmoq bu yil videoga qoldirilgan sharhlarda beadab so'zlarni “*” belgilari bilan almashtiradigan sozlanmani ishga tushirgan edi.



Endi esa bu sozlanma guruhdagi sharhlar uchun qo'llanila boshlandi.Guruhlardan beadab so'zlarni olib tashlash uchun guruh sozlanmalarining “Oshkoralik” parametrida “Guruh sharhlaridagi beadab so'zlarni berkitish” sozlanmasi qo'shildi.Bu sozlanma yoqilganidan so'ng guruhdagi munozaralar, rasmlar va videolarga qoldirilgan sharhlarda topilgan barcha beadab so'zlar “*” belgisiga almashtiriladi. Sozlanma hozircha faqat rus tilida ishlaydi, ammo yaqin orada boshqa tillar uchun ham qo'llanila boshlanadi. Sozlanma ishlatilganida beadab so'zlar bilan sharh qoldirgan kishi ushbu sharhni o'zgarishsiz ko'radi, qolgan foydalanuvchilar esa bu so'zlarni ko'rishmaydi.Bu sozlanma guruhning barcha ishtirokchilari va mehmonlarida beadab so'zlarni berkitish sozlanmasi yoqilmagan bo'lishiga qaramay ishlayveradi.Muhim qaydlardan biri, sozlanma rasmlarda, GIF-tasvirlar va videolardagi beadab so'zlarni berkita olmaydi.
Просмотров (73)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar