Главная » "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog'i topilgan xatoliklar uchun xakerlarga 1 mln rubldan ko'proq haq to'ladi
(Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog'i dasturlarning zaif joylarini topish bo'yicha xalqaro dastur HackerOne’dagi birinchi yil ishtirokiga yakun yasadi, deb ma'lum qilindi kompaniya rasmiy blogida. 2015 yil iyulda ijtimoiy tarmoq saytning ham asosiy, ham mobil versiyalarida topilgan xatolar uchun mukofot to'lash dasturini ishga tushirgandi. 2016 yil iyuliga kelib, kompaniya topilgan xatolar uchun foydalanuvchilar uchun 1 mln rubldan ko'proq haq to'lagan.



Yil davomida kompaniyaning xizmat ko'rsatish jamoasiga xatolar haqida 1328 ta xabar kelgan, biroq ulardan 167 nafarigina haqiqiy deb topilgan. Hammasi bo'lib dasturda 140 xaker ishtirok etgan. Ijtimoiy tarmoq siyosatiga ko'ra, HackerOne ishtirokchilariga jiddiy muammolar topilsagina mukofot to'lanadi. Mukofot u yoki bu xatolikni birinchi bo'lib topgan mutaxassslarga to'landi. Ijtimoiy tarmoqdagi bir xatoning o'rtacha narxi 20 ming rublni tashkil qilagan. Avvalroq Rossiyada dasturiy ta'minotlardagi xatolar haqidagi ma'lumotlarni sotish bo'yicha birja ishga tushgani ma'lum qilingandi.
Просмотров (110)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar