Главная » Oktabr oxirida to‘y: Xonanda Rayhon ikkinchi marta turmushga chiqmoqda
(

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva 29-oktabr kuni ikkinchi bor turmushga chiqadi. MyDay’ning “ishonchli manbalar”ga asoslanib xabar berishicha, Rayhonning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i keng ommaga tanish bo‘lgan boshlovchi Farhod Alimovdir.

“Ishonchli manbalar bergan ma’lumotga ko‘ra, nikoh va xudoyi kelayotgan shanba kuni bo‘lib o‘tadi”, — deb yozadi MyDay.

Rayhon G‘aniyevaning Yigitali Mamajonov bilan turmushidan Imron va Islom ismli egizak o‘g‘li bor. Farhod Alimovning esa Bernara, Omar va Latifa ismli uch farzandi bor.
Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov va Rayhon G‘aniyeva 2012-yil noyabrida turmush qurgan edi, 2014-yil may oyida esa juftlik o‘g‘il egizaklar ota-onasiga aylandi.

2015-yil yanvarida Rayhon ajrashishga ariza berganini e’lon qildi, 2016-yil may oyida esa aktyor va xonandaning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
Просмотров (242)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar