Главная » Olimlar: “Chiroyli qizlar erkaklar umrini qisqartiradi»
(Chiroyli ayollar bilan munosabat erkaklarda stress holatini keltirib chiqaradi, bu esa o`z o`rnida gepatit, diabet va hatto impotensiya kasalliklariga sabab bo`lishi mumkin ekan. «Valensiya davlat universitetining olimlari shunday xulosaga keldi», deb xabar qiladi “tib.islom.uz”.



Tadqiqot doirasida ular 84 talaba ustidan tajribalar o`tkazibdi. Ishtirokchilarning har biri ikkita notanish, begona shaxs — erkak va ayol bor xonada sudoku o`yini vazifalarini yechishi kerak edi.

Tajribada ishtirok etuvchining qonidagi kortizol miqdorini kuzatgan olimlar qiziq holatlarni kashf etibdi. Xonada chiroyli (nomahram) ayol bo`lganida stress gormonining darajasi yuqori bo`lgan, biroq ayol xonani tark etganida gormon normal holattga tushgan. Agar notanish qiz xonaga qaytsa talaba qonida kortizol miqdori yana oshib ketgan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko`ra, chiroyli ayol bilan besh daqiqa yolg`iz qolish erkak qonida ko`p miqdorda kortizolning xosil bo`lishiga sabab bo`ladi ekan, bu esa stress holatidan darak beradi.

Kortizolning ko`payib ketishi xujayra metabolizmini ishdan chiqaradi va oqibat diabet va gipertoniya kasalligi kelib chiqishiga sabab bo`lar ekan. Oz-oz miqdorda mazkur gormon organizmga ijobiy ta`sir qilishi mumkin: glyukozaning qonga etib borishiga yordam beradi, ba`zi joylardagi qonning torayishi, ishtahani ochish hamda shamollashga va allergiyaga qarshi hususiyatlari ham bor.

Bunday natijalarni ko`rgan olimlar, chiroyli qizlar bilan doimiy munosabatda bo`lish erkaklarning salomatligi uchun zararli ekanini e`tirof etibdilar.
Просмотров (178)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar