Главная » Olimlar hozirgilaridan 100 marta tezroq quvvat oladigan akkumulyator yaratdi
(Janubiy Koreyada bir guruh olimlar noyob xususiyatlarga ega akkumulyatorlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru” Yonhap agentligiga tayanib.Koreya fan va texnologiyalar instituti (KAIST) olimlari yangi material — qandaydir superkondensatorni yaratdi. Ushbu komponent sharofati bilan batareyalar hozirgi litiy-ionlilariga qaraganda 100 marta tezroq zaryad oladi.


Shuningdek, ular energiya saqlanish zichligini qariyb bir yarim marta oshirish imkonini beradi. Yangi akkumulyatorlar litiy-ionlilarga nisbatan kattaroq sig‘imga ega bo‘ladi, ammo hajmi o‘z holicha qoladi.

Texnologiya yaratuvchilari taxmin qilishicha, superkondensatordan elektromobil va mobil qurilmalar akkumulyatorlarida foydalanish mumkin bo‘ladi. Biroq batafsil ma’lumot oshkor etilmayapti.
Просмотров (26)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar