Главная » Olimpiadada g‘olib bo‘lgan qozog‘istonlik sportchilarga Ostonadan uy beriladi
(24-avgustga o‘tar kechasi Ostonaga Rio-de-Janeyrodan olimpiyachi sportchilar qaytib keldi, deb yozadi Kazakstan Today. Aeroportda g‘oliblarni muxlislar, shu jumladan, poytaxt hokimi Aset Isekeshev va ularning ota-onalari kutib oldi.



Olimpiya chempioni Doniyor Yeleusinov, kumush medal sohiblari Vasiliy Levit va Go‘zal Manyurovaga hokim avtomobil kalitlarini topshirdi. Hokim, shuningdek, sportda erishgan yutuqlari uchun Olimpiada sovrindorlariga davlat rahbari topshirig‘i bilan poytaxtdan xonadonlar sovg‘a qilinishini aytdi.

Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiada yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston terma jamoasi 17 ta medal jamg‘arib, 22-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchilar ham kecha, 23-avgust kuni Toshkent shahriga yetib keldi. Toshkent xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqa g‘oliblari, sovrindorlari va ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

Prezident oltin medal olgan sportchilarning har birini 200 ming dollar, kumush medal sohiblarini 100 ming dollar, bronza medal sovrindorlarini esa 75 ming dollar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmoyish imzoladi.
Просмотров (97)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar