Главная » “Orzu layneri” O`zbekistonga ilk parvozini amalga oshirdi
(2016 yilning 31 avgust kuni “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasida BOEING 787-8 Dreamliner samolyotini kutib olish tantanali marosimi o`tkazildi. Ushbu tantanaga aviakompaniya jamoasi ko`tarinki ruhda tayyorgarlik ko`rdi.



Dreamliner (“Orzu layneri”) samolyoti O`zbekiston respublikasi Milliy aviakompaniyasining hisob bo`yicha 66 ekspluatant samolyoti hisoblanadi. AmeriCares bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ilk reysda mamlakatimizdagi kasalxonalar, ona va bola klinikalari, reabilitasiya markazlari va mehribonlik uylari uchun insonparvarlik yordami sifatida turli zaruriy dori-darmonlar olib kelindi.

Tadbirni “O`zbekiston havo yo`llari” MAK bosh direktori Valeriy Tyan kirish so`zi bilan ochdi: “Dreamliner samolyotining mamlakatimizga ilk parvozi Boeing kompaniyasi bilan 1996 yildan beri davom etib kelayotgan hamkorlikning yangi istiqbolli bosqichiga qadam qo`yilganidan darak beradi. Sentyabr oyidan boshlab “O`zbekiston havo yo`llari” aviakompaniyasining yo`lovchilari BOEING 787-8 Dreamliner samolyotida parvoz qilganda yangi taassurotlarni, o`zgacha his-tuyg`ularni boshdan kechirishidan juda ham mamnunmiz. Bu samolyot mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik to`yonasiga ajoyib sovg`a bo`ldi”.

Shundan keyin O`zbekiston respublikasi bosh vazirining o`ribosari Ro`ziqulov U.U. so`zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutladi. AQShning O`zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ham barchani mustaqillik bayrami bilan qutlab, bu hamkorlikdan mamnunligini ta`kidladi.

Zamonaviy, yangi layner Vatanimiz mustaqilligining 25 yilliga munosib sovg`a bo`ldi. Samolyotni O`zbekiston Milliy aviakompaniyasining ekipaji: yo`riqchi Iosif Zak, MAK uchuvchilar majmuasi yangi Voeing 787-8 uchuvchilar otryadi komandiri Asadjon Tursunov hamda aviakompaniyaning bosh shturmani Stanislav Gurfinkel boshqardi. Sietldan Toshkentgacha 12 soatga yaqin davom etgan uzluksiz parvoz muvaffaqiyatli ravishda bajarildi. Dreamliner ni Voeing korporasiyasining zavodidan “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Bosh direktorining o`rinbosari Gennadik Xarlap va “Uzbekistan airways technics” aviakorxonasining ekspluatasiya bo`yicha direktor o`rinbosarlari Andrey Margachyov va Valeriy Kosovlar qabul qilib oldilar.
Просмотров (141)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar