Главная » Oskar” mukofotiga da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati e’lon qilindi.
(

Los-Anjelesda “Oskar” mukofotiga nomzodlarning barchasi e’lon qilindi. Nominatsiyalarda eng ko‘p “La-La Lend” (La La Land) filmi ko‘rsatilgan — u bir vaqtning o‘zida 13 ta haykalchaga, xususan, eng yaxshi film nomiga ham da’vogarlik qilmoqda.
“La-la Lend” jami 14 marta mukofotga da’vogar sifatida ko‘rsatilgan, biroq faqat 13 ta haykalchani qo‘lga kiritishi mumkin — “Eng yaxshi qo‘shiq” yo‘nalishida mazkur filmdan birdaniga ikkita qo‘shiq ko‘rsatilgan.

“La-La Lend”dan tashqari, “Eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar”ga quyidagi filmlar da’vogar: “Tashrif” (Arrival), “To‘siqlar” (Fences), “Vijdon nuqtai nazaridan” (Hacksaw Ridge), “Istalgan yo‘l bilan” (Hell or High Water), “Sher” (Lion), “Oy shu’lasi” (Moonlight), “Dengiz bo‘yidagi Manchester” (Manchester by the Sea) va “Yashirin shakllar” (Hidden Figures).

“La-La Lend” rejissori Demen Shazell va undagi bosh rol ijrochilari — Rayan Gosling va Emma Stoun ham o‘z yo‘nalishlarida “Oskar”ga da’vogarlik qilmoqda.

“Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishida “Oskar”ga, shuningdek, quyidagilar nomzod bo‘lib turibdi: Izabel Yupper (“U” (Elle)), Rut Negga (“Laving” (Loving)), Natali Portman (“Jeki” (Jackie)) va Meril Strip (“Florens Foster Jenkins” (Florence Foster Jenkins)).

“La-La Lend”, jumladan, original ssenariysi uchun ham “Oskar”ga da’vogarlik qilmoqda. Mazkur yo‘nalishda unda “Dengiz bo‘yidagi Manchester”, “Lobster” (The Lobster), “Istalgan yo‘l bilan” va “XX asr ayollari” (20th Century Women) raqobat ko‘rsatadi.

Rejissorlik ishi uchun atalgan sovringa, Shazelldan tashqari, Deni Vilnev (“Tashrif”), Mel Gibson (“Vijdon nuqtai nazaridan”), Kennet Lonergan (“Dengiz bo‘yidagi Manchester”) va Barri Jenkins (“Oy shu’lasi”) da’vogar bo‘lib turibdi.

“Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida Rayan Gosling bilan birga Keysi Afflek (“Dengiz bo‘yidagi Manchester”), Endryu Garfild (“Vijdon nuqtai nazaridan”), Viggo Mortensen (“Kapitan Fantastik” (Captain Fantastic)) va Denzel Vashington (“To‘siqlar”) “Oskar” uchun kurash olib boradi.

“Oskar” mukofotiga da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin. Amerika kinoakademiyasi mukofotlarini topshirish marosimi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Просмотров (118)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar