Главная » Ota-ona qaramog`idan mahrum bolalar uchun “Prezident sovg`alari” etkaziladi
(

Bu yil ham O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, “Sen yolg'iz emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamg`armasi tomonidan “Prezident sovg`alari” o`z egalari tomon yo`l oldi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi Mehribonlik va Muruvvat uylari o`g`il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog`idan mahrum bolalar uchun Prezidentimizning Yangi yil sovg`alari etkazilmoqda.

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida, madaniyat va san`at saroylarida Yangi yil bayrami tadbirlariga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdim etiladigan 12 nomdagi o`quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo`lgan sovg`alar tayyorlandi. Prezident sovg`alari Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga avtotransportda, Qoraqalpog`iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga “O`zbekiston havo yo`llari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25-28 dekabr kunlari jadval asosida etkazib berilmoqda.

Sovg`alar 29 dekabrdan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.
Просмотров (36)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar