Главная » Oyoqqa qarab, fe`lingizdan so`ylaymiz!
(

Inson qo`liga qarab, uning fe`l-atvori va taqdirini aniqlash mumkinligini eshitgandirsiz. Lekin oyoq ko`rinishiga qarab, insonni o`rganish mumkinligini ko`pchilik bilmasa kerak. Quyidagi 10 hil oyoq ko`rinishiga qarab, ko`p narsalarni anglab oling.

1. Rim oyog`i. Bunday oyoq ko`rinishi juda ko`p uchraydi. Oyoq barmoqlari bir tekisda, proporsional joylashgan bo`ladi. Bunday oyoq egalari juda kirishuvchan va do`stona munosabatlarni qardrlaydigan insonlardir. Ulardan a`lo darajadagi notiq va tadbirkor chiqadi.

2. Kvadrat ko`rinishli. Barmoqlar deyarli bir uzunlikda bo`lgani sababli oyoqlar ko`rinishi kvadratni eslatadi. Bunday oyoq egalari juda xotirjam va qaror qabul qilishda etti o`lchab bir kesadiganlardandir. Ular har qanday vaziyatda ham ertangi kunga bo`lgan ishonchni mahkam tutadilar.

3. Grekcha oyog`. Navbatdagi oyoqning yorqin belgisi, ikkinchi barmoqning bosh barmoqdan uzunligida. Bunday insonlar tashabbuskorligi va yangillikka intiluvchanligi bilan boshqalardan ajralib turishadi. Odatda bu kabi oyoq ko`rinishi san`atkorlar, sport ustalari, kashfiyotchi va notiqlarda uchraydi.

4. Kafti uzun oyoq. Eng uzun barmoq bosh barmoq, qolganlari esa bir-biridan kichrayib ketgan. Mazkur oyoq ko`rinishining sohiblari sirli va yolg`izlikni sevuvchi insonlar. Shuningdek, ularning kayfiyati bir kunda 3 marta ham o`zgarishi mumkin.

5. Jimjilog`i ajralmaydigan oyoq. Boshqa barmoqlaridan jimjilog`i ajralmaydigan insonlar anchayin rejali bo`lib, bir maromdagi hayotni sevadilar. Shu tariqa bular o`zlarini xavfsiz xis etishadi. Ular har bir ishda eng yaxshi xamkor bo`la oladigan sodiq va ishonchli shaxslardir.

6. Jimjilog`i ajralib chiqqan. Agar siz jimjilog`ingizni ajrata olsangiz, demak sizda sarguzashtlarga ehtiyoj bor. Bir xillik sizni zeriktiradi, o`zingizni baxtsiz xis qila boshlaysiz va hayotdan yangilik qidirishga intilasiz. Ko`p narsalar tez joningizga tegib, kutilmagan ishlar qilasiz.

7. Jimjilog`i yon tarafda bo`lsa. Bunday oyoqlarda jimjiloq barmoq, boshqa barmoqlarga qaraganda ancha kichik, shuning uchun yon tarafdan o`sib chiqqanday ko`rinadi. Ushbu ko`rinishdagi oyoq egalarida isyonkorlik, o`zgalarga bosh egmaslik ruhi juda rivojlangan bo`lib, o`z istaklarini atrofidagilarga bajartirishadi. Ularning fe`lini tushunish qiyin.

8. Ikkinchi va uchinchi barmoq orasi ochiq. Bunday insonlar kundalik hayotda his-tuyg`ularini jilovlay olishadi. Atrofdagilarga munosabatlari sovuqqondek ko`rinsa-da, yuqori marralarni zabt etishadi.

9. Uchinchi barmoq sal chetga egilgan. Hamma narsani oldindan puxta reja qiladigan insonlar, juda tartibli va har qanday vaziyatni nazorat qilishni bilishadi.

10. Ikkinchi barmoq boshqalariga nisbatan ingichka. Ushbu ajoyib oyoq egalari pashshadan fil yasashga va muammo keltirib chiqarishga usta insonlardir. Kayfiyati yaxshi bo`lsa, atrofdagilarga ham bu ta`sir etmay qolmaydi, hamma bilan quvonchlarini baham ko`radilar. Ammo buning aksi bo`lganida, ulardan nariroq yurganingiz ma`qul.
Просмотров (392)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar