Главная » Ozodbek Nazarbekov madaniyat vazirligidagi birinchi ish kuni qanday o‘tganini so‘zlab berdi
(

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatidagi birinchi ish kuni qanday o‘tgani hamda endilikda ijodini davom ettirishi haqidagisavollarga javob berdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Ijodkor uchun ijod muayyan vaqt talab qilmaydi. Shu paytgacha ham 24 soat ijod bilan band bo‘lganman. Ijodkorlar yaxshi biladi. Ijod bu kasallik. Bu tark etib bo‘lmaydigan narsa. Buni tashlab ketib bo‘lmaydi hech qachon. Ko‘zimga hech narsa ko‘rinmasligi mumkin. Agar ijodim bilan shug‘ullanmasam. Ijodkor odam ijod bilan shug‘ullanmasa, kasal bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun albatta ijodimni davom ettiraman. Busiz iloji yo‘q. Bu o‘zim uchun, ko‘nglimdagi ish bo‘lgani uchun, azbaroyi ijoddan voz kecholmaganim uchun albatta ijod davom etadi”, — dedi Nazarbekov, ijodini davom ettirishini ta’kidlab.

Shuningdek, u madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatidagi bir kunlik ishlari sarhisobi sifatida quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Bugun men uchun birinchi ish kuni bo‘ldi. Sohada kamchiliklar juda ko‘p. Bugun yangi vazir bilan o‘tirib, vazirlikdagi xodimlar bilan suhbatlashdik, tanishdik. Asosan qaysi xodim nima bilan shug‘ullanishi haqida ular bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ma’lumot oldik. Suhbat jarayonida sohadagi ko‘plab muammolar yuzaga chiqdi. Kamchiliklar birinchi kun uchun juda ko‘p. Madaniyat vazirligini tubdan isloh qilish zamon talabi bo‘lib turibdi. 3-avgust kuni Prezidentimiz bilan uchrashuvda sohadagi kamchiliklar sanab o‘tilgan va bu borada ko‘plab tavsiyalar, topshiriqlar berilgan edi. Agar shu topshiriqlarni bajara olsak, asosiy muammolar yechiladi va madaniyat vazirligining jamiyatimizdagi o‘rni yanada yuksaladi”.

“Bir so‘z bilan aytganda, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, muammolar juda ko‘p. Ularni qo‘l bilan sanab bo‘lmaydi”, — deb so‘zlariga xulosa yasadi san’atkor.
Просмотров (187)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar