Главная » Paralimpiya o'yinlari. Uchinchi kunda O'zbekiston vakillari yana 8ta medal' oldi
(Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tayotgan XV yozgi Paralimpiada o'yinlarining uchinchi kuni o'z yakuniga Yetdi. Shu kuni O'zbekiston sharafini himoya qilgan 11 sportchidan 8 nafari medalga ega bo'lib shohsupaga ko'tarildi.Uchinchi kunda 5 nafar dzyudochi, 2 nafar Yengil atletikachi hamda 4 nafar suzuvchi o'z imkoniyatini sinab ko'rdi



.100 kilogrammdan ziyodroq dzyudochilar o'rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Odil TuledibaYev O'zbekiston delegatsiyasi uchun to'rtinchi oltin medalni olib berdi. U final bahsida mezbonlar vakili, braziliyalik sportchini 2-soniyadayoq ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi. 70 kilogrammdan ziyodroq vaznda ayollar o'rtasidagi dzyudo musobaqasida Hayitjon Alimova kumush medalni qo'lga kiritdi. U finalda hitoylik raqibga imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, 70 kilogrammgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi turnirda Gulruh Rahimova, 90 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar musobaqasida Shuhrat BoboYev va 100 kilogrammgacha bo'lgan dzyudochilar kurashida Shirin Sharipov bronza medallarga ega bo'ldi.Ayni vaqtda o'zbekistonlik dzyudochilar jami 10ta medalga ega bo'lib (shundan 3tasi oltin), bu borada birinchi o'rinni egallagan.Suzuvchilar jamoasi ham medallar sonini oshirmoqda. Ayollar o'rtasidagi 200 metrga kompleks uslubda suzish musobaqasida ikki o'zbekistonlik kumush va bronza medallariga ega chiqdi. Dastlab sportchilar ertalabki dasturda saralash musobaqasida ishtirok etishdi. Unda Fotimahon Omilova 2:24.43 natija bilan jahon va paralimpiada rekordini o'rnatdi. Kechki dasturda 8 nafar sportchi ishtirokida o'tkazilgan final bahsini ham Fotimahon yahshi o'tkazdi. U dastlabki 150 metr masofadan birinchi o'rinda bordi, ammo so'nggi 50 metrda amerikalik Rebekka MeyYers undan o'tib ketdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Bronza medali Shohsanamhon Toshpo'latovaga nasib etdi.Uzunlikka sakrashda Doniyor SoliYev ham bronza medaliga ega chiqdi.Ayni vaqtga kelib, O'zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 19tani tashkil qilmoqda (4ta oltin, 4ta kumush va 11ta bronza). O'zbekiston medallar hisobi bo'yicha umumiy ro'yhatda sakkizinchi o'rinda.Umumjamoa hisobida dastlabki uchlik o'zgarishsiz qoldi — Hitoy (69ta medal'), Buyuk Britaniya (35ta medal') va Ukraina (37ta medal').

Просмотров (158)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar