Главная » Paralimpiya o'yinlaridagi ishtirokimizni dzyudochilarimiz boshlashadi
(To'rt yillikning nufuzli musobaqasida O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasining 32 nafar sportchisi ham ishtirok etadi. Ular yurtimiz sharafini beshta sport turida himoya qilishadi.
Ertadan musobaqalar boshlanadi. Aynan ertadan sportchilarimizning ishtirokini dzyudochilarimiz boshlab berishadi. Dzyudo musobaqasi Toshkent vaqti bilan soat 18.00da boshlanishi rejalashtirilgan.



Qizlar o'rtasidagi musobaqaning 52 kg vazn toifasidagi bahslarida Sevinch Salaeva medallar uchun bahslarga kirishadi. Erkaklar o'rtasidagi 60 kg vazn toifasida SHerzod Namozov, 66 kg vaznda esa O'tkir Nig'matovlar tatamiga chiqishadi.
Musobaqaning ilk kuniyoq dzyudochilarimizning terma jamoamiz g'aznasiga dastlabki medallarni taqdim etishi kutilyapti. Boisi, aynan dzyudo musobaqasida to'liq tarkibda ishtirok etayotgan sportchilarimizning imkoniyatlari ancha yuqori baholanmoqda.
Просмотров (91)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar