Главная » Parviz Fattoev ko`p sonli muxlislarning tanqidlariga dangal javob qaytardi
(

Darakchi” gazetasining televizion reklama roligi boshlovchisi shoumen - Parviz Fattoev ko`p sonli muxlislarning tanqidiy savollariga dangal javob qaytardi.

Bu haqda u o`zining Instagramdagi sahifasida yozdi.

“Diqqat! Nega “Darakchi” reklamasida tez yurasiz va baqirasiz?” savoliga javob deyiladi post avvalida. Uning ushbu javobi feysbuk ijtimoiy tarmog`ida ham repost qilingan.

“Qadim-qadimdan jarchilar biror-bir darakni elga etkazish uchun asta-sekin imlab qo`ymagan, aynan baqirib, kerak bo`lsa ot choptirib gapirgan!” deb boshlanadi odamlarning savollariga biryo`la javob qaytarilgan xabarda.
Yurtimizdagi ko`p adadli gazeta “Darakchi” reklamasida biz mahsulot maqtamaymiz yoki biror xizmat taklif etmaymiz, balkidaraklarni etkazamiz, ajdodlarimiz etkazgan usulda! Yana bir gap, bu ko`rsatuv emas, bu - reklama, shunday ekan, uslub degan tushunchalar ham bor... Shu o`ziga xoslik uchun ham “Darakchi”ni o`qishadi, sevishadi, kutishadi!”
Просмотров (301)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar