Главная » PFL klublar uchun badal pulini 3 yil ichida 90 milliondan 180 millionga qadar oshirdi
(

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston oliy ligasining 2017-yilgi mavsumida to‘p suradigan 16 klub PFL hisob raqamiga 180 million so‘m o‘tkazib beradi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
Shu tariqa PFL oliy liga klublarining o‘zidan jami 2 milliard 880 million so‘m sanab oladi. Bu esa tashkilot badal pullarini uch yil ichida ikki marta oshirib yuborganidan darak beradi.

2014-yilgi mavsum uchun oliy liga klublarining har biri PFLga 90 million so‘mdan o‘tkazgan. 2015-yilda bu ko‘rsatkich 110 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016-yilga kelib 150 ga yetgandi.

Ma’lumot uchun, klublardan har yili badal puli olish evaziga faoliyat olib boradigan PFL 2015-yil yakunlariga ko‘ra 5 ta klubni pul mukofoti bilan taqdirlashga va’da bergandi. Biroq mukofot pullari ularning hech biriga berilmagan. Tashkilot bosh direktori Farhod Magomedov buning o‘ziga xos sabablari bor ekanini ma’lum qilgan, biroq sababga oydinlik kiritmagandi.
Просмотров (177)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar