Главная » Prezident virtual qabulxonasiga eng ko`p Ichki ishlar vazirligi ustidan shikoyat tushgan
(

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti (2016 yil 23 dekabrga qadar Bosh vazir) virtual qabulxonasining faoliyatiga 4 oy to`ldi, deyiladi portal xabarida.

Ushbu davr mobaynida 334 mingdan ortiq murojaatlarning ko`rib chiqilganligi (jami kelib tushgan murojaatlar 2016 yil 24 yanvar holatiga 409 mingni tashkil etmoqda) portalning jamiyat hayotida o`z o`rni borligiga dalolatdir.

Quyida raqamlar orqali (grafik ko`rinishda) ifodalangan kichik sarhisob bilan tanishishingiz mumkin:

Eng ko`p murojaatlar Toshkent shahri aholisi tomonidan yuborilmoqda. Bu qisman, Internet foydalanuvchilarining ham eng katta qismi aynan Toshkent shahriga to`g`ri kelishi bilan ham bog`liq.

Eng ko`p murojaatlar quyidagi davlat idoralariga ijroga yuborilgan va ijrosi ustidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan nazorat o`rnatilgan

Aksariyat murojaatlar Internet orqali yuborilmoqda
Просмотров (242)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar