Главная » Pulning asosiy 7 qonuni
(Har bir insonni pul bilan o’zgacha a’loqasi bo’ladi. Kimdir pul bilan do’st bo’lsa, kimdir unchalik emas, lekin harkim o’ziga yetarli va keragidan ortiq mablag’i bo’lishini istaydi.



Pul esa u bilan ishlashni va pul topish qoidalariga amal qiladiganlarni yaxshi ko’radi.

Bu qonunlar unchalik ham murakkab emas. Ko’pchilik esa bu qonunlarni mensimaydilar, bu esa mutlaqo noto’g’ri fikr.

Pul o’ziga hurmatni talab qiladi, pul qonunlari esa bundan ham ko’p e’tiborni jalb etadi.

Tanlash qonuni

Buni ma’nosi oddiy: Har bir inson boy bo’lish yoki boy bo’lmaslik yo’lini o’zi tanlaydi. Biz esa har-xil baxonalar qidirib, o’zimizni imkoniyatlarimizni pastga urib, o’z kuchimizga ishonmagan holda o’zimizni aqilli deb hisoblaymiz.

O’zimizga – o’zimiz savol beraylikchi: ” Agar shunchalik aqilli bo’lsak, nega hali ham boy emasmiz?” Endi esa bu savolga ochiqchasiga javob beraylik. Javoblar ko’p bo’lishi mumkin: (“qobiliyatim yo’q, bilimim yetarli emas, bu davrda tugilishim kerak emas edi, bu davlatda yashashim kerak emas edi”).

Agar chinakamiga boy va badavlat bo’lishni istasangiz bu yo’nalishda qa’tiy harakatga bel bog’lashingiz kerak va shunda o’z maqsadingizga erishasiz. Ko’pgina davlatmand odamlar o’z ishlarini kichik ishlardan boshlaganlar. Davlat topmoq uchun miyangizdan bu ishni qila olmasligingiz haqidagi fikr va o’ylarni olib tashlang.

Kapital qonuni

Bu yerda so’z pul haqida bo’lmaydi. Asl kapital – bu sizni pul ishlab topish qobiliyatingiz. Bir kunda topgan pulingiz sizni pul ishlab topish qobiliyatingiz miqdorini belgilaydi. Pul topish yo’lida yangi va xilma – xil yo’llarni izlang. Ishda ko’p emas yaxshi ishlashga harakat qiling. O’zingiz uchun qilgan sarmoya bu eng yaxshi sarmoyadir.

Istiqbolli qonunlar

Moliyaviy qarorlarni qabul qilishdan avval, bir qadam oldin bo’ladigan voqealarni ko’z oldingizga keltirib oling. Yangi ish boshlayotganingizda tezda pul oqib keladi deb o’ylamang. Hozirda topayotgan daromadingiz kichik bo’lsada, bu ishingizni rivojlantirishni va uni orqasidan yaxshi daromad ko’rishingizga ishonib harakat qiling. Sabrli bo’ling va ko’zlagan maqsadingiz tomon intiling. Kelajakka umid bilan boqing.

Omonatni tejash qonuni

Har doim daromadingizdan 10% ni yeg’ishni odat qiling. Bir qarashda bu ko’pga o’xshab ko’rinsada, hayotda har – xil hodisalar bo’lishi mumkin – qarz, ko’zda tutilmagan katta sarf – harajatlar. Agar sizga 10% ko’plik qilsa hech bo’lmaganda 1% dan yeg’ishga harakat qiling. Ma’lum oraliqdagi vaqtdan so’ng bu ko’rsatkichni 2%, 3% dan 10% gacha olib keling. Bu pullar sizni moliyaviy zaxirangiz bo’lib, ko’nglingizdagi havotirni kamaytiradi.

Sarmoya qonuni

Bu pul topishning muhim qonunlaridan biridir. O’z pullaringizni bekorga sarf qilmang. Bir ishga sarmoya kiritishdan avval uni yaxshilab o’rganib chiqing. Pul qandaydir ma’noda sizning turmush tarzingizni tashkil qilib pul topish yo’lida ketkazgan vaqtingiz samarasidir. Shunday ekan pullaringizni havoga sovirish shartmi? O’zingizdan so’rang, agar sarmoya kiritgan ishingiz oqibatida hamma narsangizni yo’qotsangiz? Agar bu ish sizga zarar keltirishini bilsangiz, bu ishdan voz keching. Pulingiz ham, asabingiz ham ketmaydi.

Saqlash qonuni

Sizning moliyaviy kelajagingiz sizni qancha pulingiz borligidan emas, qancha sarmoyangiz qolishiga bog’liq. Yig’gan 10% bu hisobga kirmaydi.

Taxlil qonuni

O’z moliyaviy ahvolingizni har doim diqqat bilan taxlil qilishni o’zingizga odat qiling. U narsani yilda emas, har hafta qiling. O’z mablag’ingiz bilan qanday unumli foydalanish yo’llarini izlang. Bu haqida qayg’urishingiz sizni kelajakda to’g’ri qaror qabul qilishingizga yaxshi omil bo’ladi.
Просмотров (106)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar