Главная » Putin Rossiyaning MDHda raislik qilishiga Ukrainaning qarshi chiqishiga javob berdi
(

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning 2017 yilda MDHda raislik qilishiga Ukrainaning e`tiroz bildirishiga izoh berdi.Ukrainaning Bishkekdagi elchisi Nikolay Doroshenko Rossiya halqaro huquq me`yorini buzgani va Ukrainaning bir qismini qo'shib olgani sababli KiYev Rossiyaga MDHda raislik qilishning berilishiga qarshi ekanligini aytgan. Putin Ukraina MDH kengashi ishi bo'yicha o'z takliflarini bildira olmasligini aytdi."Rossiyaning MDHda raisligiga kelsak, Ukraina, afsuski, MDH nizomini imzolamagan va ratifitsiya qilmagan va shuning uchun bu tuzilmaning ishi bo'yicha o'z takliflarini kiritishga da`vogarlik qilishi dargumon", deb aytdi Putin.Avvalroq MDH sammitida 2017 yil 1 yanvardan hamdo'stlikda raislik qilishning Rossiyaga o'tishi haqidagi qaror rasmiylashtirilgan.
Просмотров (100)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar